O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi
17-sentabr 19:57
O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi
Milliy sertifikat olgan talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.
Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi