“Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish boshlandi: 451 ta bog‘cha g‘olib bo‘ladi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
15-oktabr kuni soat 10:00 da “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘cham” loyihasi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi jamoatchilik ovozi orqali tanlanadi.
Hozirda 451 ta bog‘cha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ovozga qo‘yilgan bo‘lib, umumiy ajratilgan budjet 397,6 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Ovoz berish jarayoni 25-oktabr soat 10:00 gacha davom etadi va bu jarayonda “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili amal qiladi
Loyihalarga uch xil yo‘l bilan ovoz berish mumkin:
- opedbudget.uz portalining veb-sayti orqali;
- portalning mobil ilovasi orqali (Android, iOS);
- Telegram’dagi rasmiy bot orqali.