Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Namangan viloyati miqyosida IELTS o‘qish uchun maktab o‘quvchilariga 100 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdor 170 million so‘m.

23-yanvar 12:13
Namangan viloyati miqyosida IELTS o‘qish uchun maktab o‘quvchilariga 100 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdor 170 million so‘m.

Namangan viloyati miqyosida maktab o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan “Mudir IELTS GRANTI” tanlovining

Nizomi

Namangan viloyati miqyosida IELTS o‘qish uchun maktab o‘quvchilariga 100 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdor 170 million so‘m.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Registon ta’lim loyihasi tomonidan “Mudir IELTS Granti” tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali viloyat bo‘ylab 100 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, “Mudir IELTS Granti” - bu O‘zbekiston ta’limi kelajagiga befarq bo‘lmagan Registon ta’lim loyihasi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni bepul o‘qitish va munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi - Zamonaviy yo‘llar bilan Namangan viloyati miqyosida tahsil olayotgan yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish hamda moliyaviy rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston ta’lim sohasini yanada rivojlantirishdan iborat.

Mudir IELTS Granti tanlovi g‘oliblari uchun mukofotlar:

  • - Tanlovning maxsus g‘oliblik guvohnomasi va esdalik sovg‘alari;
  • - Registon o‘quv markazida IELTS imtihoniga tayyorlov kursini 3 oy davomida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati (kalendar oy asosida);
  • - Registonning maxsus IELTS materiallari va kitoblaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • - “Registan IELTS Premium Mock Exam” rasmiy materiallaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • - “Registan IELTS Premium Mock Exam” imtihonlarida bepul qatnashish imkoniyati;
  • - Registon o‘quv markazining “Support teacher” xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati;
  • - Maxsus platformada onlayn darslar, IELTS 8.0+ mentorlardan qo‘shimcha darslar olish imkoniyati;

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Registon ta’lim loyihasining xalqaro toifadagi ustozlari va Respublika Imtihon.uz ta’lim platformasi testolog-mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Registon ta’lim loyihasi – bu O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, uning tarmog‘ida Respublika bo‘ylab 30 ta o‘quv markazi, Registan IT school, Registan IT kompaniyasi, Registon xususiy nashriyoti, Registon xususiy maktabi kabi yirik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kunlarda “Registan University” nodavlat oliygohi ham faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirda Registon o‘quv markazi tarmog‘ida 20 mingdan ziyod yoshlar tahsil olishadi. O‘zining 9 yillik tarixida 70 mingdan ziyod yoshlar markazni muvaffaqiyatli yakunlashgan.

Tanlov tashkilotchilari:

Registon ta’lim loyihasi, Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Respublika Imtihonlar.uz ta’lim platformasi

Grantning umumiy qiymati:

Yoshlarning ta’lim olishi uchun 170 million so‘m ajratilgan

Grant uchun kvota:

Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 100 nafar iqtidorli yoshlar uchun belgilangan.

Joriy o‘quv yilida nomzodlarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, keyingi o‘quv yillaridan grant sovrindorlari soni va ularga beriladigan grant miqdorlari oshirib boriladi.

Tanlov ishtirokchilari:

  • - Ingliz tilining Intermediate va undan yuqori darajada biluvchi Namangan viloyati maktablarida tahsil olayotgan 5-11-sinf o‘quvchilari uchun;

Muhim eslatma: ushbu grant loyihasi Registon o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan yangi o‘quvchilar uchun tashkil etilmoqda. Ayni vaqtda Registon o‘quv markazida tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu loyihada o‘z bilimlarini tekshirib olishlari maqsadida imtihonlarda ishtirok etishi mumkin, lekin grantga ega bo‘la olishmaydi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish:

  • - Mudir IELTS Granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar @IELTS_Namangan_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va Respublika Imtihonlar.uz platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.
  • - Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.
  • - Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi: 10 - fevral

Tanlov bosqichlari:

Mudir IELTS Granti tanlovi 2 bosqichdan iborat. Tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi asosida baholanadi hamda eng munosib ishtirokchilar saralanadi.

Birinchi bosqich

Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etuvchi o‘quvchilar Respublika Imtihonlar.uz ta’lim platformasi orqali Namangan viloyati miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

Onlayn imtihonda ingliz tilining turli darajalarida (listening, reading, vocabulary, grammar) 50 ta test savoli beriladi.

Tanlovning 1-bosqichi 10-fevral kuni soat 08:00 da boshlanadi va 20:00 da yakunlanadi.

Barcha nomzodlar belgilangan vaqt oralig‘ida 40 daqiqa davom etuvchi onlayn testda ishtirok etishadi. Tanlovning maxsus test platformasi 10-fevral kuni soat 20:00 yopiladi.

Birinchi bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar kvotalar doirasida taqsimlanadi hamda ikkinchi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

1-bosqichdan 2-bosqichga o‘tishning minimal natijasi - 80 foiz (40 ta to‘g‘ri javob va undan yuqori) talab etiladi.

Ikkinchi bosqichga o‘tgan o‘quvchilar uchun maxsus sms xabarnoma va Shaxsiy kabinet orqali xabar jo‘natiladi.

Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • ü Tanlov boshlanishidan oldin yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing;
  • ü Birinchi bosqichda ishtirok etishdan oldin Registon o‘quv markazi haqida va joylashgan manzillari bo‘yicha barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing;

Ikkinchi bosqich

  • - Ushbu bosqich Mudir IELTS Granti tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar ushbu bosqichda maxsus IELTS Mock (listening, reading, writing skills) imtihonidan o‘tishadi.
  • - Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: 2024-yil 18-fevral kuni soat 09:00 da Registon o‘quv markazida keng ko‘lamda IELTS Mock imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
  • - Ikkinchi bosqich yakunlangandan so‘ng 10 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari Registon o‘quv markazining xalqaro toifadagi ustozlaridan tarkib topgan maxsus kommissiya tomonidan tekshiriladi va umumiy natijalar e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi bo‘lishi uchun yakuniy imtihondan kamida IELTS Mock 5.0+ natijani qo‘lga kiritgan bo‘lishi talab etiladi. Yakuniy bosqichning ballari hal qiluvchi natija hisoblanadi va belgilangan kvota asosida g‘oliblar aniqlanadi.

Ushbu bosqichda eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

✅ Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • - Mudir IELTS GRANTi g‘olibi bo‘lish uchun yakuniy imtihondan kamida IELTS Mock 5.0+ darajada bo‘lishingiz talab etiladi. Chunki, ushbu tanlov IELTS darajasini o‘qish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Grant g‘oliblari 3 oyga mo‘ljallangan maxsus dasturimizda mutlaqo bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu dasturda o‘qish va dasturni tushunishingiz uchun sizdan kamida intermediate yoki undan yuqori daraja talab qilinadi;
  • - Tanlov g‘olibi bo‘lgan nomzodlar Grant asosida o‘qishni boshlagandan so‘ng, 10 kun ichida maxsus mentor tomonidan belgilangan kunga IELTS sertifikatini olish uchun imtihonga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish:

Mudir IELTS Granti tanlovi g‘oliblari Registon o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar quyidagi munosib rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus esdalik QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar Respublika Imtihonlar.uz ta’lim platformasining “Shaxsiy kabinet” bo‘limi orqali barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

Registon o‘quv markazi o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli o‘quvchilariga omad tilaydi!

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @Manager_Murodjon manziliga yozishingiz mumkin.