Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 foizli qo‘shimcha kvotalar tasdiqlandi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 foizli qo‘shimcha kvotalar tasdiqlandi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Ushbu kvotalar nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun ta’lim olishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Jami 3 898 ta qo‘shimcha kvota ajratildi, shundan:
- Kunduzgi: 2 560 ta
- Sirtqi: 1 043 ta
- Kechki: 183 ta
- Masofaviy: 112 ta
Kvotalar tasdiqlanishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi va ularga davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash berilishini ta’minlaydi. Bu esa, ta’lim sohasida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yana bir muhim qadam hisoblanadi.