Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?

14-sentabr 13:54
O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?

O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»ga ko‘ra, pedagoglarga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
  • O‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;
  • O‘quvchini ommaviy izza qilmaslik;
  • O‘quvchilar chet elga chiqib ketgan taqdirda, bu haqida o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish;
  • O‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;
  • Ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘yiga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
  • O‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;
  • Ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish;
  • Biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
  • Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy ekstremistik ta’sirlardan ogoh etib borish;
  • Mazkur qoidalarni haftaning juma kunlarida o‘tkaziladigan “Sinf soati” darslarida o‘quvchilarga keng tushuntirib borish.