Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

O‘qishni ko‘chirish: ikkinchi kun test natijalari e’lon qilindi

21-avgust 15:58
O‘qishni ko‘chirish: ikkinchi kun test natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari, kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari OTMlar tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi.