Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

O‘quvchi sumkasi og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?

13-mart 11:48
O‘quvchi sumkasi og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?

Tadqiqotlarga ko‘ra, bola taqadigan sumkaning og‘irligi uning tana vaznining 10 foizidan oshmasligi kerak.

Masalan, O‘zbekistonda bolalar 7 yoshda maktabga chiqishadi va bu paytda ularning o‘rtacha tana vazni 23 kgni tashkil qiladi. Demak, ular uchun o‘rtacha 2,3 kgli sumka ko‘tarish me’yor hisoblanadi.

10 yoshli bola (4-sinf o‘quvchisi) esa o‘rtacha 32 kg bo‘ladi. Uning sumkasi esa 3,2 kg atrofida bo‘lishi kerak.

Doimiy og‘ir sumka bilan maktabga qatnash bolaning orqa va bo‘yin qismida og‘riq, yelkasida esa noqulaylik hissiga sabab bo‘lishi, charchoq kuchayishiga olib kelishi mumkin.