Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

OTMga qabul qilingan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati

17-avgust 15:15
OTMga qabul qilingan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalari ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  1. Rektor nomiga ariza — Talabaning o‘qishga qabul qilinishini tasdiqlash uchun yozilgan ariza.
  2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda) — Talabaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
  3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) — Maktabni yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.
  4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar bo‘lsa) — Talabaning chet tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikatning asl nusxasi.
  5. 3,5×4,5 o‘lchamdagi foto — 12 dona fotosurat talab qilinadi.
  6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel) — Barcha hujjatlarni bir joyga yig‘ish uchun maxsus papka.
  7. Konvert A5 formatida — Hujjatlar uchun konvert.
  8. Talabalar turar joyi uchun ariza — Agar talaba turar joyga muhtoj bo‘lsa va sharoiti og‘ir yoki kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lsa.
  9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun hujjat — Imtiyozga ega bo‘lgan talabalardan imtiyozni tasdiqlovchi hujjatning asli talab qilinadi (agar mavjud bo‘lsa).

Eslatib o‘tamiz, bu hujjatlar ro‘yxati Qabul komissiyasi tomonidan 2022-yilda tasdiqlangan. Joriy yilda hujjatlar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, shuning uchun hujjatlarni topshirishdan oldin qabul komissiyasi bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.