Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Pedagoglarning yangi toifasi qachondan kuchga kiradi va ish haqiga ta’sir qiladi?

19-oktabr 23:56
Pedagoglarning yangi toifasi qachondan kuchga kiradi va ish haqiga ta’sir qiladi?

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

Attestatsiya yakunlanganidan so‘ng, bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrug‘i (qarori) bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra toifa olgan pedagoglarning ro‘yxati tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, ularga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra, pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblanadi. Bu jarayon vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti, UzASBO, boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari va maktab boshqaruv (ERP) tizimlari bilan integratsiya qilingan holda amalga oshiriladi.

Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikati asosida belgilanadi. Oylik ish haqi sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi va o‘zgartiriladi.