Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Pensiya yoshidagi pedagoglarga dars soatlari qanday taqsimlanadi?

28-sentabr 15:20
Pensiya yoshidagi pedagoglarga dars soatlari qanday taqsimlanadi?

Pensiya yoshidagi pedagoglarga haftasiga necha soat dars berilishi kerak?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasiga ko‘ra, har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega. Shuningdek, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamstirish taqiqlangan.

Bu degani, dars taqsimotida o‘qituvchining yoshi asosiy omil emas. O‘qituvchiga dars soatlari ta’lim sifati va u erishgan natijalarga qarab beriladi. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash va tarifkatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibiga muvofiq, dars soatlari ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.

Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarga kamroq dars berilishi kerak degan qoida mavjud emas. Agar pensioner o‘qituvchi yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa va ta’lim sifati yaxshi bo‘lsa, unga ko‘proq dars soatlari berilishi mumkin. Aksincha, agar natijalari past bo‘lsa, dars soatlari kamaytirilishi ham mumkin.