Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Qaysi OTMlar kontraktini o‘zi belgilashi mumkin? To‘liq ro‘yxat

30-iyul 19:24
Qaysi OTMlar kontraktini o‘zi belgilashi mumkin? To‘liq ro‘yxat

Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur davlat oliy ta’lim muassasalari quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

  • Kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish
  • Mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish
  • O‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish
  • Xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish
  • Bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash
  • Avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash

Moliyaviy mustaqil davlat oliy ta’lim muassasalari:

  1. Samarqand davlat chet tillar instituti
  2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
  3. Toshkent davlat yuridik universiteti
  4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  5. Toshkent moliya instituti
  6. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
  7. Toshkent farmatsevtika instituti
  8. Toshkent davlat transport universiteti
  9. Urganch davlat universiteti
  10. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  11. Andijon mashinasozlik instituti
  12. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
  13. Samarqand davlat universiteti
  14. O‘zbekiston Milliy universiteti
  15. Toshkent davlat texnika universiteti
  16. Toshkent tibbiyot akademiyasi
  17. Qoraqalpoq davlat universiteti
  18. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
  19. Buxoro davlat universiteti
  20. Buxoro davlat tibbiyot instituti
  21. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  22. Qarshi davlat universiteti
  23. Termiz davlat universiteti
  24. Toshkent davlat agrar universiteti
  25. Guliston davlat universiteti
  26. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
  27. Namangan davlat universiteti
  28. Farg‘ona davlat universiteti
  29. Geologiya fanlari universiteti
  30. Andijon davlat universiteti
  31. Andijon davlat tibbiyot instituti
  32. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  33. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
  34. Toshkent davlat stomatologiya instituti
  35. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
  36. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  37. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
  38. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
  39. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
  40. Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut