Qo‘shimcha kvotalar: Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvotalar tasdiqlandi
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Jami 1 949 ta qo‘shimcha kvota ajratildi, shundan:
- Kunduzgi: 1 280 ta
- Sirtqi: 521 ta
- Kechki: 92 ta
- Masofaviy: 56 ta
Kvotalar tasdiqlanishi chin yetimlar va patronatdagi bolalar uchun ta’lim olishda yangi imkoniyatlar yaratadi va ularga davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash berilishini ta’minlaydi. Bu esa, ta’lim sohasida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yana bir muhim qadam hisoblanadi.
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota