Qo‘shma ta’lim dasturidan nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirish mumkin
Qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini nodavlat oliygohlariga ko‘chirishi mumkin. Bu bo‘yicha cheklov yo‘q, quyidagi qarorda ham faqatgina davlat oliygohiga ko‘chirish mumkin emasligi keltirilgan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarorining 4-bob, 28-bandida qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar "...boshqa O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim tashkilotiga ko‘chirishiga ruxsat etilmaydi" deyilgan.
Shunday ekan, nodavlat oliygoh rasmiylari bemalol qo‘shma ta’lim dasturi talabalarini o‘qishga qabul qilishingiz (o‘qishini ko‘chirishingiz) mumkin.