1 mlrd so‘mlik Grant: Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi maktab o‘quvchilari u Post haqida maʼlumotchun 2024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim Granti e’lon qiladi
Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi tomonidan 2024/2025 o‘quv yili uchun e’lon qilingan ta’lim Granti tanlovini tashkil etish, o‘tkazish hamda tanlov ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi tomonidan e’lon qilingan ta’lim Granti tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Grant tanlovi) tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni qatnashish tartibi, g‘olib va sovrindorlarni tanlash mezonlarini, tanlov ishtirokchilarini saralash hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish tartiblarini belgilaydi.
Mazkur nizom 2024-2025 o‘quv yili davri uchun amal qiladi.
- Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
- Grant tanlovi – Registon ta’lim loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni bepul o‘qitish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan;
- Tanlov tashkilotchisi – Registon ta’lim loyihasi qoshida tashkil etilgan Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi;
- Registon ta’lim loyihasi – 2014-yilda tashkil topgan O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, ushbu loyiha negizida hozirgi kunda quyidagi ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda:
- – Respublika bo‘ylab 33 ta o‘quv markazi;
- – Registon xususiy maktabi;
- – Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi;
- – Registon tibbiyot texnikumi;
- – Registon xususiy nashriyoti;
- – Registon IT kompaniyasi;
- – Registon imtihon markazi;
- – Registon onlayn maktabi (Daryn.uz by Registan).
Hozirgi vaqtda Registon ta’lim ekotizimida 30 mingga yaqin yoshlar ta’lim olmoqda. Shuningdek, Registon xususiy nashriyoti tomonidan chop etiladigan o‘quv qo‘llanmalar va darsliklaridan har yili 100 000 dan ortiq yoshlar foydalanadi. Registonning 10 yillik tarixi davomida 70 mingdan ziyod yoshlar muvaffaqiyatli ta’lim olishgan.
- onlayn imtihon – Respublika miqyosida Grant tanlovida ishtirok etish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun tashkil etilgan maxsus ta’lim platformasi orqali o‘tkaziladigan sinov imtihoni;
- onlayn platforma – tanlovda ishtirok etuvchi o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan maxsus ta’lim platformasi;
- asosiy imtihon– tanlovning hal qiluvchi yakuniy imtihoni;
- grant taqvimi– tanlov yakunidan keyin o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlarning kalendar davri;
- tanlov g‘oliblari– tanlov doirasida sinov imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlar.
- Grant tanlovi ilmiy-tahliliy yondashuv asosida adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
- Grant tanlovi sovrindorlari soni joriy o‘quv yili uchun Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi taqdimnomasiga binoan 9-10-11 sinf (o‘zbek va rus) o‘quvchilari uchun 30 nafar o‘quvchi uchun belgilangan. Grantning umumiy qiymati 1 000 012 500 so‘m (bir milliard o‘n ikki ming besh yuz). Grant tanlovi 15 nafar o‘quvchiga bir yillik jami to‘lovning 100% va 15 nafar o‘quvchiga 50% grant berish shaklida taqdim qilinadi.
Ushbu o‘quv yilida tashabbus va takliflar o‘rganib chiqiladi hamda keyingi o‘quv yillaridan Grant tanlovi sovrindorlari soni va ularga beriladigan grant miqdorlari oshirib boriladi.
- Grant tanlovining g‘olibligi uchun nomzodlar 2 bosqichli gibrid imtihon tizimidan (onlayn imtihon va asosiy imtihon) o‘tishi belgilangan.
- Tanlov uchun test topshiriqlari, yozma ishlarni (keyingi o‘rinlarda – nazorat materiallari) tayyorlash, hamda tanlovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar Registon ta’lim loyihasining xalqaro toifadagi ustozlari va mutaxassislaridan tarkib topgan Tashkiliy qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
- Tanlovning nazorat materiallari o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qo‘llay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratiladi.
- Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi.
- O‘quvchilar tanlovlarda o‘z xohishlariga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Tanlovda qatnashish barcha nomzodlar uchun bepul hisoblanadi
2-bob Grant tanlovini tashkil etish tartibi
- 1. Grant tanlovining tegishli bosqichlarini o‘tkazish Tashkiliy qo‘mita, hakamlar hay’ati, apellatsiya komissiyalari tomonidan tashkil etiladi.
1-§. Tashkiliy qo‘mita
- Tanlovlarni tashkil etish uchun Registon ta’lim loyihasining xalqaro toifadagi ustozlari va mutaxassislaridan tarkib topgan Tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita) tuziladi.
- Quyidagilar tashkiliy qo‘mitaning vazifalari hisoblanadi:
– tanlov o‘tkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
- – hakamlar hay’ati tarkibi, apellatsiya komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbarlari ro‘yxatini shakllantirish;
- – tanlov nazorat materiallarining maxfiyligini, tanlovning mazkur Nizom talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlash;
- – tanlovning tashkil etilishi, o‘tkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish;
- – barcha tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritilishini muvofiqlashtirish;
- – tanlov natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyani taqdim etish.
- Tashkiliy qo‘mita tarkibiga Registon ta’lim loyihasining xalqaro toifadagi ustozlari va mutaxassislari, Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi mas’ul xodimlari va boshqa vakillar kiritilishi mumkin.
2-§. Hakamlar hay’ati
- Tanlovlarning barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita tomonidan 3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi.
- Hakamlar hay’ati:
– tanlov jarayonida beriladigan nazorat materiallarini ekspertizadan o‘tkazadi;
- – tanlov ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida xolisona tekshiradi, baholaydi va g‘oliblarni aniqlaydi;
- – natijalarni tanlov o‘tkazilgan kuni e’lon qiladi;
– o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi va uni tashkiliy qo‘mitaga taqdim etadi.
- Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov g‘oliblarini xolisona aniqlashda va nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlashda shaxsan javobgar hisoblanadi.
3-§. Asosiy imtihon auditoriya rahbari va nazoratchilar
- Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlov boshlanishidan oldin auditoriya rahbari va nazoratchilari tayinlanadi.
- Auditoriya rahbarlari:
– ishtirokchilarga tanlovning tartib-qoidalari to‘g‘risida qisqacha tushuntiradi;
- – tanlov boshlanishi va tugash vaqtini e’lon qiladi hamda tanlov jarayonini nazorat qiladi;
- – tanlov jarayonida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilarni tanlovdan dalolatnoma tuzib chetlashtiradi;
- – ishtirokchilarning bajargan ishlarini shifrlab, tekshirish uchun hakamlar hay’atiga topshiradi;
- – hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr bo‘yicha ro‘yxatini tuzadi va tashkiliy qo‘mitaga taqdim etadi.
- Auditoriya nazoratchilari tanlov o‘tkazilayotgan va o‘zlari biriktirilgan auditoriyada tartib saqlanishini ta’minlaydilar va auditoriya rahbariga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadilar.
- Tanlov o‘tkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Auditoriyada telefon va turli aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
- Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq adminstratorlariga tanlov jarayoniga xalaqit qilmagan holda kuzatishlariga ruxsat beriladi.
- 6. Tanlov o‘tkazilayotgan jarayonda ishtirokchilarning o‘zaro gaplashishi, aloqa vositalari va turli xil qo‘shimcha manbalardan foydalanishi taqiqlanadi.
Bunday holatlar uchun ishtirokchi dalolatnoma asosida tanlovdan chetlashtiriladi, bajargan ishlari tekshirilmaydi va baholanmaydi.
4-§. Apellatsiya komissiyasi
- 1. Apellatsiya komissiyasi hakamlar hay’ati tarkibiga kirmagan uch nafargacha fan mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi.
- Apellatsiya komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchilarining arizalari tanlov natijalari e’lon qilingan kunning o‘zida qabul qilinadi. Apellatsiya jarayonida hakamlar hay’ati a’zolari va ishtirokchi ishtirok etishi mumkin.
- 3. Apellatsiyaga tanlov ishtirokchilarining faqatgina o‘zlari tomonidan bajarilgan ishlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha natija e’lon qilingandan so‘ng shu kunning o‘zida arizalar qabul qilinadi.
- Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan ishtirokchining bajargan ishida baholash mezonlariga mos kelmaslik holatlari aniqlanganda apellatsiya komissiyasi hakamlar hay’ati qarorini bekor qilish yoki ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
- 5. Apellatsiya komissiyasi hakamlar hay’atiga apellatsiya natijalari bo‘yicha izoh berib, tanlov natijalarini o‘zgartirishi mumkin va bunda hakamlar hay’ati qarori qayta tasdiqlanadi.
3-bob. Grant tanlovini o‘tkazish tartibi
- Grant tanlovi II turda tashkil etiladi. Tanlovning 1-turi iyun-iyul oylarida, 2-turi esa iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.
- Tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar II turda ham 2 bosqichli gibrid imtihon tizimidan (onlayn imtihon va asosiy imtihon) imtihondan o‘tadi hamda saralanadi.
- Tanlovning I tur imtihoni quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:
- Birinchi bosqich:
- Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar Imtihonlar.uz onlayn ta’lim platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar. Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish onlayn shaklda @Litsey_granti_bot orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha alohida yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu yo‘riqnomalar rasmiy sahifalar orqali e’lon qilinadi.
- Grant tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar @Litsey_granti_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va Respublika Imtihonlar.uz platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.
- Onlayn imtihonda ingliz tilining turli darajalari (listening, reading, vocabulary, grammar) va matematika fanidan 60 ta test savoli beriladi. Har bir savolga 2 balldan beriladi.
- Tanlovining 1-bosqichi 11-avgust kuni soat 8:00 da boshlanadi va soat 23:00 da yakunlanadi.
- Barcha nomzodlar belgilangan vaqt oralig‘ida 90 daqiqa davom etuvchi onlayn imtihonda ishtirok etishadi. Tanlovning maxsus onlayn imtihon platformasi 11-avgust kuni soat 23:00 yopiladi.
- Birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishning minimal natijasi - 80 foiz (96 ball va undan yuqori) tashkil etadi. Agar imtihonda ishtirok etuvchi talabgor birinchi bosqichda yetarli ball to‘play olmasa, ikkinchi bosqichga yo‘llanma olmaydi.
- Ikkinchi bosqich:
- Tanlovning 2-bosqichi 18-avgust kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida Toshkent shahri Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi maxsus imtihonlar binosida bo‘lib o‘tadi. Nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlash, jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tkazilishiga – Tashkiliy qo‘mita bevosita mas’ul hisoblanadi.
- Imtihon 2 qismdan iborat bo‘lib, yozma tarzda bo‘lib o‘tadi:
- Ingliz tili darajasini aniqlash imtihoni (listening, reading, writing skills) - umumiy 80 balldan iborat bo‘ladi;
- Matematika va mantiqiy-tahliliy imtihoni - umumiy 80 balldan iborat bo‘ladi.
- Agar ishtirokchida xalqaro IELTS imtihonidan 6.5 va undan yuqori ball sertifikatga ega bo‘lsa, Grant tanlovining ushbu bosqichida ingliz tili bo‘limi uchun maksimal ball beriladi;
- I tur imtihonining 2-bosqichi yakunlangandan so‘ng 10 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari hakamlar hay’ati tomonidan tekshiriladi va umumiy natijalar e’lon qilinadi.
Nomzodlar tanlovda g‘olib bo‘lishi uchun yakuniy imtihondan kamida 120 ballni egallagan bo‘lishi talab etiladi. Yakuniy bosqichning ballari hal qiluvchi natija hisoblanadi va belgilangan kvotalar asosida g‘oliblar aniqlanadi.
Ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar munosib deb topilib, tanlovning II turi mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.
- Grant tanlovining II turi iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. II tur haqida rasmiy qabul manzillarimiz va sahifalarimiz orqali batafsil ma’lumotlar beriladi.
4-bob Grant sovrindorlari va ularga beriladigan imtiyozlar
- Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi qarori asosida Grant tanlovi sovrindorlari belgilanadi.
Sovrindorlarga belgilangan grant miqdori 2024/2025 o‘quv yili amal qiladi va belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi.
- Grant tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi namunadagi guvohnoma beriladi:
– “Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi ta’lim Granti sovrindori”
- Grant Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi va tanlovning maxsus guvohnomalari Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyida tantanali ravishda topshiriladi:
- Tanlovning I tur imtihonlarida munosib deb topilgan, eng yuroqi natija ko‘rsatgan 15 nafar nomzodga Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyining maxsus ta’lim granti va Grant tanlovining g‘oliblik guvohnomasi beriladi:
- – 9-sinflar uchun: (2 nafar nomzodga 50 foizlik va 2 nafar nomzodga 100 foizlik ta’lim granti;) Grant yutilmadi.
- – 10-sinflar uchun; (3 nafar nomzodga 50 foizlik va 2 nafar nomzodga 100 foizlik ta’lim granti;) 1 nafar nomzodga 100 foizlik grant berildi.
- – 11-sinflar uchun: (3 nafar nomzodga 50 foizlik va 3 nafar nomzodga 100 foizlik ta’lim granti;) 1 nafar nomzodga 50 foizlik va 3 nafar nomzodga 100 foizlik grant berildi.
- Tanlovning II tur imtihonlarida munosib deb topilgan, eng yuroqi natija ko‘rsatgan 25 nafar nomzodga Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyining maxsus ta’lim granti va Grant tanlovining g‘oliblik guvohnomasi beriladi:
- – 9-sinflar uchun: 4 nafar nomzodga 50 foizlik va 4 nafar nomzodga 100 foizlik ta’lim granti;
- – 10-sinflar uchun; 6 nafar nomzodga 50 foizlik va 3 nafar nomzodga 100 foizlik ta’lim granti;
- – 11-sinflar uchun: 5 nafar nomzodga 50 foizlik va 3 nafar nomzodga 100 foizlik ta’lim granti.
- Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar Imtihonlar.uz ta’lim platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- O‘quvchilarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va odob-axloqni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida grantdan mahrum qilish Registon ixtisoslashtirilgan maktab-litseyi ma’muriyati talabi asosida amalga oshirilishi mumkin.