Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Registon O‘quv Markazi Navoiy filiali hamkorligida o‘tkaziladigan “Fanlar Olimpiadasi” nizomi

17-sentabr 20:17
Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Registon O‘quv Markazi Navoiy filiali hamkorligida o‘tkaziladigan “Fanlar Olimpiadasi” nizomi

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Registon O‘quv Markazi Navoiy filiali hamkorligida o‘tkaziladigan “Fanlar Olimpiadasi” nizomi

  1. Olimpiada o‘tkaziladigan fanlar.

“Fanlar Olimpiadasi” Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi va Registon O‘quv Markazi Navoiy filiali hamkorligida o‘tkazilmoqda. Mazkur olimpiadada o‘quvchilar quyidagi fanlardan qatnashishlari mumkin:

- Matematika;

- Fizika; - Kimyo; - Biologiya;

- Ona tili va adabiyoti;

- Rus tili va adabiyoti; - Ingliz tili; - Tarix;

- Huquq

Olimpiadada Navoiy shahri va Navoiy viloyatida joylashgan maktablarning 6-sinfidan 11-sinfigacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashishlari mumkin. Shuningdek, boshqa viloyatlardagi umumta’lim maktablaridan ham o‘quvchilar qatnashishlari mumkin. Olimpiadada natijalar esa umumiy e’lon qilinadi.

  1. Olimpiadani o‘tkazish bosqichlari va sanalari.

Olimpiada uchun registratsiyadan o‘tish 16-sentabrdan boshlanadi. Oxirgi ro‘yxatdan o‘tish sanasi esa 5-oktabrgacha.

Olimpiadaning 1-bosqich onlayn imtihoni 6-oktabr, yakshanba kuni, bo‘lib o‘tadi. Onlayn imtihon maxsus Imtihonlar.uz platformasida bo‘lib o‘tadi. Onlayn imtihondan 40 balldan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar esa keyingi 2-bosqichga yo‘l olishadi. 2-bosqich imtihoni Registon o‘quv markazining Navoiy filialida 13-oktabr sanasida smenalarga bo‘lingan holda bo‘lib o‘tadi. Smenalar vaqti esa Registon Navoiy kanalida 1 kun oldin e’lon qilinadi.

Olimpiada natijalari mos ravishda 20-oktabrgacha kunida e’lon qilinadi. Yuqori ball yiqqan o‘quvchilar uchun maxsus master-klass darslari tashkil qilinadi va taqdirlash marosimi bo‘ladigan kun ham e’lon qilinadi.

  1. Olimpiada savollari va o‘tkazilish tartibi.

Olimpiada to‘qqizta fandan: matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, huquq, ona tili va adabiyoti, rus tili, ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi. Har bir fandan 25 tadan test tuziladi. Har bir to‘g‘ri javobga 4 balldan beriladi. Yozma ishda oxirgi javob muhim ahamiyatga ega, agarda javob to‘g‘ri bo‘lmasa, bu savolga ball berilmaydi. Maksimum 100 ball to‘plash imkoniyati mavjud.

Savol va topshiriqlar maxsus savollar kitobida beriladi, belgilash uchun alohida titul varog‘i ajratiladi. Qatnashchilar savollar varog‘ini ko‘zdan kechirib, savollarda kamchilik topishsa, savollar varog‘i almashtirib beriladi. Agarda test savollariga nisbatan shubha tug‘ilsa, shu savolning nomerini titulning orqasiga yozib, shikoyati borligini bildirib qo‘yishi lozim. Agarda savolda haqiqatdan ham kamchilik aniqlansa, shu savol uchun o‘quvchiga 4 ball beriladi.

Olimpiada natijalari markazning rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi va markaz joylashgan binoda ham qog‘oz variantida chiqarilib, ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar 3 kunning ichida shikoyat bildirish huquqiga egalar.

  1. Olimpiadada yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarni taqdirlash.

Olimpiadada Navoiy shahrida va Navoiy viloyatida joylashgan umumta’lim maktablarining 6-sinfidan 11-sinfigacha bo‘lgan o‘quvchilari qatnashadilar. Shuningdek, natijalar har bir sinf bo‘yicha alohida e’lon qilinadi. 2-bosqich natijalari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar quyidagi miqdorda voucherlarga ega bo‘ladilar:

Qatnashchilar markazda o‘qish xohishini bildirsalar, yuqoridagi mablag‘lar o‘quvchilarning balansiga o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, qimmatbaho sovg‘alarga faqatgina offlayn tartibdagi olimpiadada qatnashgan maktab o‘quvchilari ega bo‘la oladilar. Shuningdek, qimmatbaho sovg‘alar egalari umumiy qatnashchilar ichidan aniqlanadi. Ya’ni, bundan sinfma-sinf ajratilmaydi. Masalan Matematika fani bo‘yicha 6-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarning ichidan eng yuqori ball top’lagan o‘quvchilar taqdirlanishadi.

Agarda yuqori o‘rin uchun bir xil ball to‘plangan vaziyatda, bu o‘quvchilar markazga chaqirilib, qo‘shimcha musobaqa o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarning ota-onasi yoki vasiysi holis guvoh bo‘lib qatnashishlari mumkin.

Положение о «Олимпиаде наук», проводимой совместно с отделом дошкольного и школьного образования Навоийской области и Навоийским филиалом Образовательного центра «Регистан»

  1. Олимпиадные предметы.

«Олимпиада наук» проводится совместно с дошкольным и школьным образованием Навоийской области и Навоийским филиалом Образовательного центра «Регистон». В данной олимпиаде учащиеся могут принять участие по следующим предметам:

- Математика;

- Физика;

- Химия;

- Биология;

- Родной язык и литература;

- Русский язык и литература;

- Английский язык;

- История;

- Верно

В олимпиаде могут принять участие учащиеся 6-11 классов школ города Навои и Навоийской области. Участвовать могут также учащиеся средних школ других регионов. На Олимпийских играх результаты объявляются в целом.

  1. Этапы и даты проведения Олимпийских игр.

Регистрация на Олимпиаду начнется 16 сентября. Последний день регистрации – 5 октября.

Онлайн-экзамен 1-го этапа олимпиады пройдет в воскресенье, 6 октября. Онлайн-экзамен будет проходить на специальной платформе Imtihonor.uz. Студенты, набравшие более 40 баллов на онлайн-экзамене, перейдут в следующий 2-й этап. Экзамен 2-го этапа пройдет в Навоийском филиале образовательного центра «Регистон» 13 октября посменно. Время смен будет объявлено на канале «Регистон Навои» за 1 день.

Итоги Олимпиады будут объявлены соответственно 20 октября. Для студентов, набравших высокие баллы, будут организованы специальные мастер-классы и объявлен день награждения.

  1. Вопросы и порядок проведения олимпиады.

Олимпиада проводится по девяти предметам: математика, физика, химия, биология, история, право, родной язык и литература, русский язык и английский язык. По каждому предмету будет 25 тестов. За каждый правильный ответ дается 4 балла. В письменной работе важен последний ответ, при неправильном ответе за этот вопрос оценки не выставляются. Максимум 100 баллов.

Вопросы и задания даются в специальном вопроснике, для выставления оценок отведен отдельный титульный лист. Если участники просматривают вопросник и обнаруживают в вопросах ошибку, вопросник будет заменен. Если есть какие-либо сомнения по поводу вопросов теста, он должен написать номер вопроса за заголовком и указать, что у него есть жалоба. Если вопрос действительно ошибочен, студенту за этот вопрос дается 4 балла.

Результаты олимпиады будут объявлены в официальном Telegram-канале центра, а также распечатаны и вывешены в здании, где расположен центр. Студенты имеют право подать жалобу в течение 3 дней.

  1. Награждение учащихся, набравших высокие баллы на олимпиаде.

В олимпиаде примут участие учащиеся 6-11 классов общеобразовательных школ города Навои и Навоийской области. Также результаты будут объявлены отдельно по каждому классу. По итогам 2-го этапа студенты, набравшие высокие баллы, получат следующее количество ваучеров:

Если участники изъявят желание обучаться в центре, указанные выше средства будут переведены на баланс студента.

Напоминаем, что ценные подарки могут получить только школьники, принявшие участие в офлайн-олимпиаде. Также из общего числа участников будут определены обладатели ценных подарков. То есть он не делится на классы. Например, среди учащихся с 6 по 11 класс по математике награждаются ученики, набравшие высший балл.

В случае, если за высшее место будет набрано одинаковое количество баллов, эти ученики будут вызваны в центр и проведено дополнительное соревнование. Родители или опекуны учащихся могут участвовать в качестве беспристрастного свидетеля.