Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

REGISTON o‘quv markazi maktab o‘quvchilari uchun 3.8 mlrd so‘mlik tanlov tashkil etmoqda

17-yanvar 10:23
REGISTON o‘quv markazi maktab o‘quvchilari uchun 3.8 mlrd so‘mlik tanlov tashkil etmoqda

1.Registon Fanlar Olimpiadasi o‘tkazilish muddatlari.

Registon Fanlar Olimpiadasi (keyingi o‘rinlarda Olimpiada deb yuritiladi) har yili kuzgi va bahorgi mavsumlarda o‘tkaziladi. 2025-yilda Olimpiada fevral oyida va oktabr oyida o‘tkazilishi belgilab olingan. Jumladan, 2025-yil 9, 16- va 23-fevral kunlarida olimpiada o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Olimpiadaga ro‘yxatga olish 20-yanvarda boshlanib, 7-fevralgacha davom etadi. Olimpiada matematika-ingliz tili fanlari bo‘yicha 9-fevral kuni, kimyo-biologiya fanlari bo‘yicha 16-fevral kuni va huquq-ingliz tili, ona tili-ingliz tili bo‘yicha 23-fevral kunlarida bo‘lib o‘tadi.

2.Olimpiada fanlari va sinflar chegarasi.

Olimpiada to‘rt xil blokdagi fanlardan, jumladan: matematika-ingliz tili, kimyo-biologiya, huquq-ingliz tili va ona tili-ingliz tili bloklaridan o‘tkaziladi. Savollar o‘zbek va rus tillarida tuziladi. Olimpiadada bloklarning turlariga qarab 3-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashadi. Olimpiada Registon o‘quv markazining butun respublikadagi filiallarida bo‘lib o‘tadi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida olimpiada kuni o‘quvchilardan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan kelish so‘raladi.

3.Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish tartibi.

Olimpiadaga fleyerdagi va telegram postlaridagi maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish paytida o‘quvchilardan ism-familiyalari, o‘qiyotgan sinflari va tahsil oladigan tillarini aniq qilib yozishlari so‘raladi. Savollar kitoblari aynan shu ro‘yxatdan kelib chiqib tuziladi. Ro‘yxatdan o‘tgan hamma o‘quvchilar maxsus telegram guruhiga a’zo bo‘ladilar. Telegram guruhida olimpiada bo‘yicha yuzaga keladigan savollar va olimpiada bo‘lib o‘tadigan manzillar bo‘yicha ma’lumot berib boriladi. Eslatma: shaffoflikni ta’minlash maqsadida, Olimpiadada Registon o‘quvchilari qatnashishi mumkin emas!

4.Olimpiada savollari va baholash mezonlari.

Olimpiada yuqorida yozilganidek, 4 ta blokdan: matematika-ingliz tili, kimyo-biologiya, huquq-ingliz tili, ona tili-ingliz tili fanlaridan tuziladi. Savollar umumta’lim maktablarida foydalaniladigan darsliklar asosida, tuziladi. Har bir bosqichda savollar miqdori har bir fandan 25 tadan bo‘lib, 1 blokda jami 50 tani tashkil qiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball 100 ball hisoblanadi. Savollarning hammasi ochiq test, ya’ni har bir savolga 4 tadan javob variant sifatida tuziladi. Olimpiada offlayn formatda bo‘lib o‘tadi.

5.Olimpiadani tashkil qilish va nazorat.

Olimpiada Registon o‘quv markazining respublikadagi barcha filiallarida bir paytda bo‘lib o‘tadi. Fanlar 4 ta blokka bo‘lingan holda, turli sanalarda bo‘lib o‘tadi: 9-fevral kuni matematika-ingliz tili bo‘yicha, 16-fevral kuni kimyo-biologiya bo‘yicha, 23-fevral kunida esa huquq-ingliz tili, ona tili-ingliz tili bo‘yicha. Bunda olimpiadaga qatnashuvchi sinflar quyidagicha taqsimlangan: matematika-ingliz tili fanlaridan 3-sinfdan 11-sinfigacha bo‘lgan o‘quvchilar, kimyo-biologiya fanlaridan 7-11-sinf o‘quvchilari, huquq-ingliz tili, ona tili-ingliz tili fanlaridan esa 9-11-sinf o‘quvchilari qatnashadilar. Olimpiadada o‘quvchilar soniga qarab qatnashchilar turli smenalarga bo‘linadilar. Smenalar 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar smenasi boshlanishida 10 minut avval markazga kelishlari kerak. Xonalarda 10 tadan 20 tagacha o‘quvchilar joylashtiriladi. O‘quv markazining ustozlari auditoriya nazoratchilari sifatida tayinlanadilar. O‘quvchilar bir-biridan ko‘chirishlari, savollarni muhokama qilishlari mumkin emas. Nazoratchi ularni ikki marta ogohlantiradi, uchinchi marta takrorlanganda esa qoida buzgan qatnashchi testdan chetlashtiriladi. O‘quvchi savollarda xatolik topsa, savollar sonida yetishmovchilik kuzatilsa yoki savollar kitobining sifati qoniqarli bo‘lmasa, nazoratchiga murojaat qiladi va savollar kitobi almashtirib beriladi. Agarda savollarda xatolik bor deb hisoblansa, maxsus titul varag‘ining orqa tarafiga shikoyatini yozib qo‘yishi lozim. Test yakunlangandan keyin qatnashchi savollar kitobini va titul varag‘ini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Keyingi smenalarga halaqit bermaslik maqsadida, test varaqlarini rasmga olish ta’qiqlanadi. Qatnashchilar olimpiada natijalaridan norozi bo‘lgan holatda natija chiqqandan keyin 3 kun ichida appelyatsiya uchun ariza topshirishlari mumkin.

6.Olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish.

O‘quvchilar olimpiadada jami 100 ball to‘plashlari mumkin. G‘oliblar sinflar kesimida taqdirlanadilar. Shuningdek, g‘oliblar maxsus grantni qo‘lga kiritishlari uchun kamida 100 balldan 50 ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. Olimpiadaning jami sovrin jang‘armasi, ya’ni voucherlar miqdori har bir filial bo‘yicha 100 000 000 (yuz million) so‘m, jami filiallar bo‘yicha esa 3 mlrd 800 mln so‘mni tashkil qiladi. Olimpiada natijalari har bir blok tugallangandan bir hafta keyin, ya’ni 15, 22-fevral va 1-mart kuni e’lon qilinadi. Olimpiada g‘oliblari har bir sinf bo‘yicha quyidagi tartibda taqdirlanadilar:

* 1-o‘rindan 20-o‘ringacha bo‘lgan o‘quvchilar voucherlarni qo‘lga kiritishlari uchun 50 balldan yuqori ballni qo‘lga kiritishlari kerak.

Har bir sinf g‘oliblari yuqoridagi tartibda taqdirlanadilar. Agar ballar teng kelib qolsa, bir xil ball olgan o‘quvchilar yana bir marta bellashadilar. Maxsus grant va vaucherlar ikki oy muddat ichida ishlatilishi kerak. Ya’ni o‘quvchilar fevraldan boshlab, aprelgacha bo‘lgan muddatda o‘quv markazga kelib, voucherlarini hisoblariga tashlatib tahsil olishlari mumkin bo‘ladi. Agarda yuqoridagi muddatdan o‘tgan paytda voucherlar markazga taqdim qilinsa, voucherning amal qilish muddati tugagan hisoblanadi. Shuningcek, voucherlarni ularni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar faqatgina o‘zlari ishlatishi mumkin bo‘ladi. Voucherlarni aka-uka, opa-singillariga, do‘stlariga, sinfdoshlariga yoki boshqa qarindoshlariga taqdim qilish mumkin emas.