Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Samarqand viloyati bitiruvchilari test sinovlarida qanday natijalar ko‘rsatishdi?

31-iyul 17:30
Samarqand viloyati bitiruvchilari test sinovlarida qanday natijalar ko‘rsatishdi?

Joriy yilgi Samarqand viloyati bitiruvchilari test sinovlarida qanday natija ko‘rsatishdi?

Joriy yilgi Samarqand viloyati bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra quyidagi reyting tuzildi.

Samarqand viloyati joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari bo‘yicha Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahri bitiruvchilari nisbatan yaxshiroq natija qayd etishgan. Qo‘shrabot tumani esa, nisbatan pastroq natija bilan so‘nggi o‘rinda.

  1. Samarqand shahri — 84,119 ball
  2. Kattaqo‘rg‘on shahri — 79,866 ball
  3. Toyloq tumani — 78,536 ball
  4. Paxtachi tumani — 78,204 ball
  5. Oqdaryo tumani — 77,742 ball
  6. Jomboy tumani — 76,575 ball
  7. Pastdarg‘om tumani — 76,211 ball
  8. Narpay tumani — 75,965 ball
  9. Payariq tumani — 75,852 ball
  10. Ishtixon tumani — 74,169 ball
  11. Bulung‘ur tumani — 73,282 ball
  12. Samarqand tumani — 72,849 ball
  13. Kattaqo‘rg‘on tumani — 72,788 ball
  14. Nurobod tumani — 72,636 ball
  15. Urgut tumani — 69,447 ball
  16. Qo‘shrabot tumani — 66,898 ball

Top 10 ta’lim muassasalari

Joriy yilgi bitiruvchilarining o‘rtacha balli bo‘yicha Samarqand viloyatidagi Top 10 ta’lim muassasalari:

  1. 1-ixtisoslashtirilgan maktab — 150,44 ball
  2. Sharof Rashidov nomidagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — 134,78 ball
  3. 52-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (Oqdaryo tumani) — 131 ball
  4. Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — 129,15 ball
  5. 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Paxtachi tumani) — 126,08 ball
  6. Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — 124,6 ball
  7. 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Nurobod tumani) — 124,5 ball
  8. 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Paxtachi tumani) — 121,91 ball
  9. Ixtisoslashtirilgan maktab (Oqdaryo tumani) — 118,17 ball
  10. Ixtisoslashtirilgan maktab (Kattaqo‘rg‘on shahri) — 116,91 ball

Majburiy fanlar bo‘yicha natijalar

Joriy yil Samarqand viloyati bitiruvchilarining majburiy fanlarni ishlash bo‘yicha natijalari (to‘g‘ri javoblar foiz ko‘rsatkichida):

  1. Samarqand shahri — 45 foiz
  2. Kattaqo‘rg‘on shahri — 44 foiz
  3. Paxtachi tumani — 42 foiz
  4. Oqdaryo tumani — 41 foiz
  5. Toyloq tumani — 41 foiz
  6. Jomboy tumani — 40 foiz
  7. Narpay tumani — 40 foiz
  8. Pastdarg‘om tumani — 40 foiz
  9. Nurobod tumani — 40 foiz
  10. Payariq tumani — 40 foiz
  11. Samarqand tumani — 39 foiz
  12. Ishtixon tumani — 39 foiz
  13. Kattaqo‘rg‘on tumani — 39 foiz
  14. Bulung‘ur tumani — 39 foiz
  15. Qo‘shrabot tumani — 38 foiz
  16. Urgut tumani — 38 foiz

Natijasi qiymatlanmagan bitiruvchilar

Joriy yilgi bitiruvchilarining natijasi qiymatlanmagan jami 4390 ta. Bu borada Kattaqo‘rg‘on shahri va Paxtachi tumani qoniqarli ko‘rsatgichda.

  1. Urgut tumani — 1028 ta
  2. Samarqand shahri — 806 ta
  3. Kattaqo‘rg‘on tumani — 323 ta
  4. Payariq tumani — 288 ta
  5. Pastdarg‘om tumani — 280 ta
  6. Ishtixon tumani — 230 ta
  7. Bulung‘ur tumani — 211 ta
  8. Toyloq tumani — 208 ta
  9. Samarqand tumani — 192 ta
  10. Nurobod tumani — 165 ta
  11. Narpay tumani — 163 ta
  12. Oqdaryo tumani — 160 ta
  13. Jomboy tumani — 152 ta
  14. Qo‘shrabot tumani — 72 ta
  15. Paxtachi tumani — 62 ta
  16. Kattaqo‘rg‘on shahri — 50 ta