Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Soatbay ishlovchi pedagoglar uchun oylik hisoblash tartibi

30-avgust 16:49
Soatbay ishlovchi pedagoglar uchun oylik hisoblash tartibi

Soatbay ishlovchi pedagoglarga oylik qanday hisoblanadi?

O‘rindoshlik asosida boshqa maktabdan kelib ishlovchi pedagoglar yoki maktabning rahbar xodimlariga o‘tilgan darslar uchun soatbay usulida ish haqi to‘lanadi.

2023-yil 1-dekabr holatiga bir soat dars uchun belgilangan oylik quyidagicha:

  • Oliy toifa — 48 777 so‘m
  • 1-toifa — 44 140 so‘m
  • 2-toifa — 39 612 so‘m
  • Mutaxassis — 35 381 so‘m
  • O‘rta maxsus — 33 073 so‘m

Oylikni hisoblashda quyidagilarga e’tibor beriladi: Pedagog bir oy davomida necha soat dars o‘tganligi O‘IBDO‘ tomonidan hisoblab chiqiladi va ish vaqtini hisoblash tabeliga yoziladi. MMTBdagi buxgalter bu yozilgan soatlar asosida ish haqi hisoblaydi. Misol uchun, agar oliy toifali o‘qituvchi 4-sentyabrdan o‘qish boshlanganidan boshlab, sentyabr oyining oxirigacha 28 soat dars o‘tgan bo‘lsa, uni quyidagicha hisoblash mumkin:

28 * 48 777 = 1 365 756 so‘m

Chiqqan summadan 13% daromad solig‘i va kasaba uyushmasi uchun ushlab qolinadi va qolgan summa pedagogning plastik kartasiga tushiriladi. Bundan tashqari, daftar tekshirish summalari va qo‘shimcha belgilangan ustamalar ham qo‘shiladi.

Eslatma: Soatbay ishlovchi pedagoglarga faqat o‘tilgan darslar uchun ish haqi to‘lanadi. Ta’til davri, bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari uchun oylik to‘lanmaydi