Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Super-kontraktni bo‘lib to‘lash mumkinmi?

28-may 15:07
Super-kontraktni bo‘lib to‘lash mumkinmi?

Qoidaga ko‘ra, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqishi uchun dastlab 50% qismini to‘lashi kerak. Oddiy kontraktga kirganlar esa 25% qismini to‘lasa yetadi.

Agar super-kontraktni 50% to‘lansa, qolgan yarmini qachon to‘lash kerak?

Qolgan 50% qismini OTM rektorlari belgilagan muddatda to‘lash kerak. Odatda bu muddatlar oddiy kontrakt muddatlari bilan bir xil bo‘ladi. Ya’ni:

  • 75% qismini — 1-aprelgacha;
  • 100% qismini — 1-iyulgacha.