Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Tadbirkorlarga xususiy maktab ochish uchun 20 milliard so‘mgacha kredit beriladi

29-sentabr 10:10
Tadbirkorlarga xususiy maktab ochish uchun 20 milliard so‘mgacha kredit beriladi

Endilikda xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi

Bugungi yig‘ilishda kelgusi yilda byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinishi va yangilarini qurish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 50 million dollar mablag‘ doirasida kelgusi 4 yil ichida 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratilishi belgilangan.

Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.