Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Talabalar o‘qishini ko‘chirish: birinchi kun test natijalari

20-avgust 23:37
Talabalar o‘qishini ko‘chirish: birinchi kun test natijalari

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari, kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari OTMlar tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi.