Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Talabalar uchun aloqa xati qachon beriladi?

28-avgust 03:01
Talabalar uchun aloqa xati qachon beriladi?

Aloqa xati qachon beriladi? O‘qishni ko‘chirish jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak

O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida yetarli ball to‘plagan talabgorlar uchun navbatdagi qadam — aloqa xatini olish. Bu jarayonda talabgorlar o‘qishlari ko‘chirishga tavsiya etilgan oliygohning telegram kanalini kuzatib borishlari tavsiya etiladi.

Sababi, oliygohlar aloqa xatini qachon berishlarini rasmiy sahifalarida e’lon qilishadi. Ushbu sanadan boshlab talabgorlar aloqa xatini olish uchun oliygohga borishlari lozim bo‘ladi.

Aloqa xatini olganidan so‘ng, talabgor o‘qishini ko‘chirgan oliygohga talab qilingan hujjatlarni to‘liq holatda va o‘z vaqtida taqdim etishi kerak. Aks holda, uning "perevodi" rad etilishi mumkin.

Bu jarayon talabaning oliy ta’limdagi keyingi qadamini belgilab beradi, shuning uchun barcha jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borish muhimdir.