Ta’limga ajratilayotgan mablag‘ 20 foizga ko‘paytiriladi – Prezident
17-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, mazkur loyiha va uning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi va yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi