Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Test jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin

22-iyul 02:03
Test jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin

Ayni paytda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda. Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

2024-2025-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:

  • Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabineti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
  • Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

Ushbu yangi imkoniyat orqali ota-onalar va keng jamoatchilik test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlashda faol ishtirok etishlari mumkin. Test sinovlarini onlayn kuzatish orqali jarayonning shaffofligini oshirishga qaratilgan bu chora talabgorlar va ularning oilalari uchun katta qulaylik yaratadi.