Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Tez orada o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilinadi

05-iyul 05:38
Tez orada o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilinadi

2024/2025 o‘quv yiliga o‘qishni ko‘chirish uchun "o‘tish ballari" yaqin kunlarda e’lon qilinishi rejalashtirilyapti. Bu bo‘yicha tarkibida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan tegishli vazirliklarga ham so‘rov yuborilgan.

Tegishli qarorga ko‘ra, 15-iyulga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari OAVda e’lon qilinishi kerak va bu bo‘yicha tashkiliy ishlar deyarli nihoyasiga yetgan.

Demak, tarkibida OTMlari mavjud bo‘lgan vazirliklar ixtiyorida 11 kun vaqt qoldi.

Avvalroq o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanishi haqida xabar berilgandi