Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

21-oktabr 15:11
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

“Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining Respublika bosqichi nihoyasiga yetdi va g‘oliblar aniqlandi. G‘olib jamoalar vakillari maxsus diplomlar, oltin, kumush, va bronza medallari, shuningdek, noutbuklar bilan taqdirlandi.

G‘olib jamoalarning mukofotlari:

  • 1-o‘rin: Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida stipendiya va to‘lov-shartnoma asosida OTMga o‘qishga kirish imkoniyati.
  • 2-o‘rin: Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida stipendiya.
  • 3-o‘rin: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya.

Shuningdek, "Zakovat" klublarining faoliyati eng yaxshi deb topilgan 30 nafar koordinator planshetlar bilan taqdirlandi. Barcha maktablardagi "Zakovat" klublari koordinatorlari esa Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bir marta moddiy rag‘batlantiriladi.

Yakuniy natijalar:

  • 1-o‘rin: Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidagi 7-maktab.
  • 2-o‘rin: Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 39-IDUM.
  • 3-o‘rin: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi 92-son IMI.

Eslatib o‘tish joiz, turnirning saralash bosqichlarida 100 mingdan ortiq bilimdon o‘quvchilar ishtirok etib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.