Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari tartibi haqida

08-aprel 15:26
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari tartibi haqida

Talabalar o‘qishini xorijdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari DTM tomonidan belgilangan sanada, kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan belgilangan vaqtda o‘tkaziladi.

Test sinovlari jami 90 ta savoldan iborat:

  • 2 ta mutaxassislik fan (30 tadan jami 60 ta savol)
  • 3 ta majburiy fan (10 tadan jami 30 ta savol)
  • Umumiy test sinovlarini yechi uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

O‘tgan yili test sinovlari 16-avgust sanasida o‘tkazilgan bo‘lib, ikki smenada tashkil etilgan:

  • 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tgan edi.