Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda davlat granti asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda grant asosida tahsil oladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, endilikda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida kollej va texnikumlarda tahsil olayotgan xotin-qizlar davlat granti asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar davlat granti uchun muassasa direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ushbu grant mablag‘larining maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo‘ladi.