Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Xususiy bog‘cha va maktab to‘lovlari uchun ota-onalarga qanday soliq imtiyozlari beriladi?

29-sentabr 23:39
Xususiy bog‘cha va maktab to‘lovlari uchun ota-onalarga qanday soliq imtiyozlari beriladi?

Farzandi xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qiydigan ota-onalarda soliq imtiyozi mavjudmi?

Prezident qaroriga ko‘ra, xususiy bog‘cha yoki maktablarda ta’lim olayotgan farzandlari uchun ota-onalarga soliq imtiyozi taqdim etiladi. Ya’ni, ota-onalar tomonidan har bir farzand uchun oyiga 3 million so‘mgacha to‘langan ta’limga oid to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Imtiyozdan foydalanish uchun ota-onalar xususiy ta’lim muassasalariga to‘langan to‘lovlar haqidagi kvitansiyalarni yil davomida saqlab qo‘yishlari kerak. Yil oxirida ular daromadlar deklaratsiyasi bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan 12%lik daromad solig‘ini qaytarib olishadi.

Masalan, agar ota-ona oyiga 3 million so‘m to‘lov qilsa, yiliga bu 36 million so‘m bo‘ladi. Yil tugagach, soliq organi ushbu summadan 4 million 320 ming so‘mni qaytarib beradi.

Agar ota-ona ishxonasi orqali to‘lov qilayotgan bo‘lsa, korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolmaslik haqida ariza topshirishi mumkin.