Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Talabalarni ijaraga qo‘ygan shaxslardan daromad solig‘i undirilmaydi

17-oktabr 14:34
Talabalarni ijaraga qo‘ygan shaxslardan daromad solig‘i undirilmaydi

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.

Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida “Talabalar uchun ijara shartnoma” boʻlimi orqali amalga oshirish mumkin.

Ijara shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq toʻlamaydi. Ularga daromad soligʻidan 47,1 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.