Kontrakt to‘lovidan 12 foizni qanday qaytarish mumkin?
To‘langan kontraktning 12 foiz miqdorini qaytarib olish mumkinmi?
Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, farzandlarining, yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktini to‘laganda daromad solig‘i undirilmaydi. Shundan kelib chiqib, to‘langan kontraktning 12 foiz miqdorini qaytarib olish mumkin.
Ushbu imtiyoz tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga ham qo‘llaniladi. Ya’ni, ta’lim uchun ajratilgan kreditlarning foizlari ham soliq imtiyozidan foydalanishi mumkin. Super-kontrakt to‘lovchilar ham 12 foiz soliq yig‘imini qaytarib olish huquqiga ega.