Xususiy va xorijiy OTMlar uchun yangi davlat grantlari e’lon qilindi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Davlat bu yil nodavlat va xorijiy OTMlar filiallari uchun 1,2 mingta grant ajratdi. Bu yangi imkoniyat, xususiy oliy ta’lim muassasalarida ham davlat grantida o‘qish imkonini yaratadi.
Bu grant kimlar uchun?
Grantlar eng bilimli talabalar uchun ajratilgan. Ehtiyojmand qatlamga berilgan davlat ta’lim muassasalari grantlaridan farqli o‘laroq, bu grant faqat bilimlilar uchun mo‘ljallangan.
Grantni qanday yutib olish mumkin?
Xususiy universitetlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar orasidan grant olishni istagan shaxslar tanlab olinadi. Grantni yutib olish uchun talaba OTM va vazirlik bilan birgalikda uch tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu jarayon grant oluvchilarning talabalarni davlatga majburiyatlarini belgilab beradi.
Grantni qaytarish shartlari
Grantda o‘qigan talaba o‘qishni tugatgach, davlat uchun ishlab berishi kerak. Bu talab grant mablag‘larini davlat oldidagi majburiyat sifatida qaytarish shartidir.