Yo‘nalish tanlash tartibi: Abituriyentlar uchun qo‘llanma
25-iyul kuni davlat OTMlarining bakalavriatiga kirish uchun test imtihonlarining so‘nggi kuni edi.
Bugun oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi va barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi.
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
Yo‘nalish tanlash tartibi
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
- Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
- Ta’lim yo‘nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir “menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak”, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha “men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman” desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.