Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Yo‘nalishlar va OTMlar kesimida 2024 yilgi o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi

17-avgust 15:38
Yo‘nalishlar va OTMlar kesimida 2024 yilgi o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi

2024 yilgi tanlovda qatnashgan abituriyentlar uchun o‘zlari tanlagan yo‘nalish va oliy ta’lim muassasalarida kontrakt va grant uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Bilimlarni baholash agentligining rasmiy sahifasida o‘tish ballarini bilib olish mumkin. Abituriyentlar saytda avval hududni, so‘ngra OTMni, ta’lim shaklini va tilini tanlab, o‘zlari uchun mos grant va kontrakt ballarini ko‘rishlari mumkin.

O‘tish ballarini bilish o‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun ham muhim. Ayniqsa, super-kontrakt asosida o‘qish niyatida bo‘lganlar, ballarining super-kontraktning 4 ballik arzon turiga mos kelish-kelmasligini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuni ta’kidlash joizki, hozirda abituriyentlar o‘zlarining kontrakt yoki grantga kirganliklarini bilib olishi mumkin, ammo nechanchi o‘rinda turganliklari hali saytda ko‘rinmayapti. Bu ma’lumot ham yaqinda e’lon qilinishi kutilmoqda.