Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Yunusobod tumani hokim olimpiadasi

26-fevral 12:55
Yunusobod tumani hokim olimpiadasi

Toshkent shahri Yunusobod tumani miqyosida maktab o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan “Hokim olimpiadasi” tanlovining

Nizomi

Toshkent shahri Yunusobod tumani miqyosida Yunusobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda Registon ta’lim loyihasi tomonidan “Hokim olimpiadasi” tanlovini e’lon qiladi.

Olimpiada Ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tadi. Olimpiada savollari har ishtirokchini sinfidan kelib chiqib taqdim etiladi.

Hokim olimpiadasi - bu O‘zbekiston ta’limi kelajagiga befarq bo‘lmagan Registon ta’lim loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi Toshkent shahri Yunusobod tumani miqyosida tahsil olayotgan yoshlarning ingliz tilidan savodxonlik darajasini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moliyaviy rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston ta’lim tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Registon ta’lim loyihasi’ning xalqaro toifadagi ustozlari hamda British Council tashkilotining xalqaro mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Registon ta’lim loyihasi – bu 2014-yilda tashkil topgan O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, u Respublika bo‘ylab IELTS va chet tillariga ixtisoslashgan 30 ta o‘quv markazi, shuningdek, Registon xususiy maktabi, Registon tibbiyot kolleji, Registon xususiy nashriyoti, Registon IT kompaniyasi, Registon konsalting kompaniyasi, Registon test markazi, Registon onlayn maktabi (Daryn.uz by Registan) kabi yirik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kunlarda "Registan International University" xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi nodavlat oliygohi ham o‘z faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirgi vaqtda Registon ta’lim eco-sistemasida 30 mingga yaqin yoshlar ta’lim olmoqda, shuningdek, Registon xususiy nashriyoti tomonidan chop etiladigan o‘quv qo‘llanmalari va darsliklaridan har yili 100 000 dan ortiq yoshlar foydalanadi. Registonning 10 yillik tarixi davomida 70 mingdan ziyod yoshlar muvaffaqiyatli ta’lim olishgan.

Tanlov tashkilotchilari:

  • Yunusobod tumani hokimligi, Registon ta’lim loyihasi va xalqaro British Council tashkiloti

Hamkorlar:

  • Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

Tanlov kimlar uchun?

  • Yunusobod tumanidagi barcha umum ta’lim maktablarining 3-9 sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bosqichlari

  • Savollar soni: 30 ta. Berilgan 30 ta test boshlang‘ich, o‘rta, murakkab ko‘rinishidagi test va reading savollaridan iborat bo‘ladi.

  • Baholash mezoni: 30 ta savol quyidagi tartibda tuziladi va baholanadi. Boshlang‘ich darajadagi 10 ta savol va har bir to‘g‘ri javob uchun 2 baldan jami to‘g‘ri javob uchun 20 ball; O‘rta darajadagi 10 ta savol va har bir to‘g‘ri javob uchun 3 ball. Jami to‘g‘ri javoblar uchun 30 ball; Murakkab darajadagi 10 ta savol va har bir to‘g‘ri javob uchun 5 baldan. Jami to‘g‘ri javoblar uchun esa 50 balni tashkil etadi. Eslatma! Agar o‘quvchi berilgan barcha javoblarga to‘g‘ri javob bersa, eng yuqori 100 balni yig‘ishi mumkin.

  • 1-2-3 o‘rinlar 76 baldan oshirgan o‘quvchilar orasidan saralab olinadi. Eslatma! 1-2-3 o‘rinlardagi o‘quvchilar bir xil ball yig‘gan holatda, har bir o‘quvchi o‘sh o‘rinni egallagan hisoblanadi. (1-o‘rinda Ballari 100 bo‘lgan ikkita ishtirokchi bo‘lsa ikkala o‘quvchi ham 1-o‘rin sifatida e’lon qilinadi)

Mazkur olimpiadada yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar quyidagi miqdorda “Registon o‘quv markazi” kurslarida ta’lim olish uchun maxsus chegirmalarga ega bo‘ladilar: 2 – (yakuniy) bosqich natijalariga ko‘ra sinfidan qat’iy nazar fanlar kesimida 1-2-3-o‘rin egallagan o‘quvchilar quyida imtiyozlarni qo‘lga kiritadilar.

  • 1- o‘rin: 650 ming so‘mlik Grant vaucher, tanlovning g‘oliblik diplom va tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alar;
  • 2- o‘rin: 550 ming so‘mlik Grant vaucher, tanlovning g‘oliblik diplom va tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alar;
  • 3- o‘rin: 450 ming so‘mlik Grant vaucher, tanlovning g‘oliblik diplom va tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alar;

4-10 o‘rinni olgan o‘quvchilarga esa Registon o‘quv markazining Yunusobod tumanida Shahriston, Universam, Mega, Sayram va Sampi filiallarida o‘qish uchun 150 ming so‘mlik vaucherlar taqdim etiladi.

Eslatma! Bu vaucherlar o‘quvchilar naqd pul ko‘rinishida emas, Registon o‘quv markazining Yunusobod tumanida Shahriston, Universam, Mega, Sayram va Sampi filiallarida o‘qish uchun ishlatishlari mumkin. Vaucherdan faqatgina olimpiada ishtirokchisi foydalanishi mumkin.

  • Barcha qatnashchilar orasidan eng yuqori ball olgan o‘quvchi orasidan “oliy o‘rin” aniqlanadi va bu ishtirokchiga Registon o‘quv markazida o‘qish uchun 1 mln 300 ming so‘mlik vaucher + sertifikat va TELEVIZOR sovg‘a qiliinadi.
  • Eslatma! Olimpiadamizda IELTS va CEFR sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishlari taqiqlanadi.

Registon o‘quv markazi o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli o‘quvchilariga omad tilaydi!