1-sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryoda maktab o‘quvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Joriy yil 1-sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktab o‘quvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Farmonga ko‘ra, bu ishning bajarilishiga Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) va Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) mas’ul etib belgilangan.
Bu tashabbus maktab o‘quvchilarining ta’limga yetib borishini osonlashtirish va ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan