Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

2025-yildan boshlab bakalavr darajasidan voz kechiladi

24-may 15:29
2025-yildan boshlab bakalavr darajasidan voz kechiladi

Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri lavozimiga nomzod Valeriy Falkov mamlakatda 2025-yildan “bakalavr” tushunchasi bekor qilinishini ma’lum qildi, deya “TASS” xabar berdi.

2025-yildan boshlab joriy qilinadigan oliy ta’lim tizimida “bakalavr” tushunchasi bo‘lmaydi, bu oliy ta’lim va maxsus oliy ta’lim bo‘ladi, — dedi u Davlat Dumasining yalpi majlisida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mutaxassisliklar uchun to‘rt yillik ta’lim yetarli emas – talabalar besh yoki undan ortiq yil o‘qishi kerak. Falkov ular orasida shifokorlar, o‘qituvchilar va muhandislarni alohida ta’kidlagan.

Avvalroq Falkov Rossiya 2003-yilda qabul qilingan Boloniya oliy ta’lim tizimidan voz kechish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Boloniya ta’lim tizimi 1999-yilda Boloniya deklaratsiyasini imzolagan yetakchi Yevropa davlatlari uchun yagona ta’lim konsepsiyadir. Hozirda Boloniya tizimini 49 davlat qo‘llamoqda. Tizim 4 yillik bakalavr hamda 2 yillik magistratura bosqichini o‘z ichiga oladi.

O‘tgan yilning may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha farmon imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, yangi tizimda asosiy va maxsus oliy ta’lim, shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi kasbiy ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Tayanch oliy ta’lim muddati to‘rt yildan olti yilgacha, ixtisoslashtirilganda esa uch yilgacha bo‘ladi.