Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

3/97 qoidasi: 3 ta kitob o‘qish orqali sohada yetakchi bo‘lish

14.10.2024 17:25
3/97 qoidasi: 3 ta kitob o‘qish orqali sohada yetakchi bo‘lish

3/97 qoidasi quyidagicha izohlanadi: Agar biror sohadagi eng yaxshi 3 ta kitobni o‘qisangiz, o‘sha sohada 97% odamdan ko‘proq bilimga ega bo‘lasiz. Bu qoidaning mohiyati shundaki, ekspert bo‘lish qiyin emas, aksincha, ko‘pchilik odamlar yetarlicha kitob o‘qimaydi. Quyida har xil sohalar uchun eng yaxshi 3 kitobdan birini tanlashingiz mumkin:

  1. Tadbirkorlik qilmoqchimisiz?

    • Million dollarlik xatolar — Pavel Annenkov
  2. Yomon odatlaringizdan qutulmoqchimisiz?

    • Atomic Habits — James Clear
  3. Talabamisiz?

    • Mind for Numbers — Barbara Oakley
  4. Ota(ona) bo‘ldingizmi?

    • Uchdan keyin kech — Masaru Ibuka
  5. Turmush qurmoqchimisiz?

    • Baxtli hayot sari — Ziyovuddin Rahim
  6. Vaqtingizni samarali taqsimlashni o‘rganmoqchimisiz?

    • Diqqat — Kel Nyuport

Muvofaqqiyatga erishish uchun 2 muhim qoida:

  1. O‘zingizni qiynayotgan muammo bo‘yicha kitob tanlab o‘qing. Shunda muallifning so‘zlari sizga kuchliroq ta’sir qiladi.
  2. Amal qilish kerak! Faqat o‘qishning o‘zi kifoya emas, o‘rgangan narsalaringizni hayotda qo‘llang (Luqmoni Hakim).

Kitob o‘rnini ma’ruza, videodarslik, seminar, treninglar bilan bemalol almashtirish mumkin. Muhimi, vositada emas, ilmni olishda.

— Aziz Rahimov