Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi

19-iyun 20:14
A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi

Endi davlat granti bitta talabaga 4 yilga berilmaydi, balki har yili yuqori baho olgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ilgari sezilarli tafovutga ega bo‘lmagan 0,75, boringki 2-3 ball uchun ham to‘lov-shartnomaga tushgani tufayli keyingi yili hujjat topshirgan yoki oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay, o‘qishdan butunlay voz kechgan oilalar farzandlarini ko‘p ko‘rganmiz.

Bu yerda masala faqat birgina yigit yo qizning 11 yil o‘qib to‘plagan oltindan qimmat bilimi yo‘qolib ketishidagina emas, balki ularga ta’lim bergan o‘qituvchilarning mehnati ham zoe ketishidadir.

Ilgari davlat granti bir talabaga bakalavriat bosqichida uzluksiz taqdim qilingan bo‘lsa, endi grantni oqlash, mas’uliyatni his qilish va o‘qishni o‘zlashtirishni muntazam rivojlantirib borish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida har yili yuqori baho olgan talabalar orasida ushbu grant o‘rni qayta taqsimlanadi.