Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Apellatsiya arizalari 18-avgustdan 27-avgustgacha qabul qilinadi – Bilim va malakalarni baholash agentligi

17-avgust 15:59
Apellatsiya arizalari 18-avgustdan 27-avgustgacha qabul qilinadi – Bilim va malakalarni baholash agentligi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uchun apellatsiya arizalari 18-avgustdan 27-avgustgacha (10 kun davomida) qabul qilinadi. Abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida o‘z shaxsiy kabinetlari orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatini berish uchun abituriyent test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Ariza bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma taqdim etiladi.

Abituriyentlar xabarnomada belgilangan vaqtda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari kerak. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.