Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga kirish imtihonlari sanalari
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon quyidagi manzilda oʻtkaziladi:
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
- (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, “Sportchilar” koʻchasi, 19-uy).
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun esa imtihon quyidagi manzilda boʻlib oʻtadi:
- Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
- (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).
Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga oʻquvchilar qabulini tashkil etish tartibiga oid normativ hujjatlar va sinovlarni baholash mezonlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
Normalar | Havola
|
Ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizom | Koʻrish |
Boks sport turi boʻyicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish metodikasi | Koʻrish |
Boks sport turi boʻyicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni baholash mezonlari | Koʻrish |
Badiiy gimnastika sport turi boʻyicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish metodikasi | Koʻrish |
Badiiy gimnastika sport turi boʻyicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni baholash mezonlari | Koʻrish |
Sport gimnastikasi sport turidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish metodikasi | Koʻrish |
Sport gimnastikasi sport turi bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik talablari | Koʻrish |