Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga uzaytirildi

29-oktabr 02:27
Bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Quyidagilar uchun qabul qilish va to‘lovlarni rasmiylashtirish muddati belgilangan:

  • Bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
  • PF–213-son Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalari bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
  • O‘qishi ko‘chirilgan yoki tiklangan talabalar.

To‘lov shartlari:

  • Qabul parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilganlar bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 25 foizini;
  • Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qishni xohlovchilar yillik to‘lovning kamida 50 foizini to‘lashlari lozim.

Eslatma: Ikkinchi va undan yuqori bosqichlar uchun to‘lov muddatini uzaytirish huquqi OTM rahbariga tegishli.