Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bayramda o‘qituvchilarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?

28-sentabr 16:21
Bayramda o‘qituvchilarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?

Bayramda o‘qituvchilarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asosida hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 155 ming so‘m etib belgilangan.

Ammo umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanadi. Shundan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori esa rasman 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab oshiriladi, yaʻni 1 mln 155 ming soʻm hisoblanadi.

Hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming soʻmni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming soʻmni tashkil etadi.

Shu sababli, umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming soʻm bo‘lishi mumkin