O‘qituvchilarga qancha miqdorda bayram mukofoti berilishi kerak?
Bayramda o‘qituvchilarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.
Mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asosida hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 155 ming so‘m etib belgilangan.
Hozirgi vaqtda esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming so‘mni tashkil etadi, va uning 50 foizi 525 ming so‘m bo‘ladi.
Shu sababli, o‘qituvchilar va rahbar xodimlar uchun 2024-yil 1-oktyabrga qadar mukofot puli 525 ming so‘m bo‘lishi mumkin.