BBA Samarqand va Namanganda sayyor qabul o‘tkazdi
                                        Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 19-oktabr kuni sayyor qabullar Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyida Abduvahob Hayitov, Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida esa Zohid Shakarov tomonidan o‘tkazildi.
Sayyor qabullar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda:
- Kirish test sinovlari va so‘nggi yangiliklar.
 - Test jarayonlarini soddalashtirish va abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish.
 - Milliy sertifikat uchun test sinovlari haqida ma’lumot berildi.
 - Bilim va malakalarni baholash agentligining kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
 
Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida batafsil javoblar berildi va bildirilgan takliflar o‘rganilishi aytildi