Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Uzrli sabablarga ko‘ra chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida qatnasha olmaganlarga to‘lovlarini my.gov.uz orqali qaytarish imkoniyati yaratildi

Bugun, 14:27
Uzrli sabablarga ko‘ra chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida qatnasha olmaganlarga to‘lovlarini my.gov.uz orqali qaytarish imkoniyati yaratildi

Talabgorlarga qulaylik! Test to‘lovlarini endi my.gov.uz orqali qaytarish mumkin

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar endi to‘lovni my.gov.uz portali orqali qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Talabgorlar my.gov.uz saytida murojaat yo‘llash orqali Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdorini qaytarib olishlari mumkin.

Ushbu xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan.