Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bolasini maktabga yubormaydigan ota-onalar 5 mln so‘mdan ko‘proq jarima to‘lashi mumkin

29-mart 18:00
Bolasini maktabga yubormaydigan ota-onalar 5 mln so‘mdan ko‘proq jarima to‘lashi mumkin

Qonunchilikka ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 340 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o‘rta taʼlim, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 340 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.