Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bu yil o‘qishni ko‘chirish uchun 170 ming so‘m tolov qilinadi

05-iyul 06:26
Bu yil o‘qishni ko‘chirish uchun 170 ming so‘m tolov qilinadi

O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Hozirgi kunda BHM — 340 ming so‘mni tashkil etadi va uning yarmi esa 170 ming so‘m hisoblanadi.

Quyidagi toifaga kiruvchilar esa to‘lovdan ozod etiladilar:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik" uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari)
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar.

Avvalroq o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish 15-iyuldan boshlanishi xabar qilingandi