Darsda telefondan foydalanish mumkinmi?
✅ Quyidagilar taqiqlangan:
— Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
— Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
✅ Telefoni yordamida:
— Atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
— Taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
✅ O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
— Telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
— Telefonni stol ustiga qo‘yish;
— Mo‘siqa tinglash;
— Surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
— Suratga olish va video tasvirga tushirish;
— Telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
❗️ Tartib buzilsa:
Taʼlim muassasasining har qanday pedagog xodimi taʼlim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga taʼlim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.