Davlat granti va ta’lim yo‘nalishi: qaysi ustuvorlikni tanlash kerak?
Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.
Ustuvorlik turlari:
- Davlat granti
- Tanlov barcha yo‘nalishlarda davlat granti asosida boshlanadi, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida davom ettiriladi.
- Ta’lim yo‘nalishi
- Har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt ketma-ket tanlanadi.
Ustuvorlikni tanlashning ahamiyati
Davlat granti ustuvorligi tanlangan ta’lim yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qishga kirishni istaganlar uchun muhimdir. Agar davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida bo‘lishidan qat’i nazar, birinchi tanlangan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, Ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlash kerak.
Abituriyentga maslahat:
- Agar sizga tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, Davlat granti ustuvorligini tanlang.
- Agar siz uchun birinchi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida bo‘lishidan qat’i nazar, Ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlang.
E’tiborli bo‘ling, tanlov ustuvorligini belgilashda xato qilmaslik kerak.